Xorazm viloyatining ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda
Energetika vazirligi ma’lumotlariga ko’ra, soat 12:15 da Xorazm viloyatida yuz berayotgan kuchli yomgʻir oqibatida 6-10 kV kuchlanishli 41 ta elektr uzatish tarmogʻi 78 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan.
Buning natijasida Hazorasp, Bogʻot, Xonqa, Qoʻshkoʻpir va Yangiariq tumanlari isteʼmolchilari qisman (12 ming 500 ta) va kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.
Hozirda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozlik bartaraf etilmoqda.
11-03-2024, 03:30
Вернуться назад